Qahvali parhezbop desert
Masalliqlar:
-
200 millilitr sut
-
200 gramm yumshoq tvorog
-
1 choy qoshiq qahva
-
1 choy qoshiq kakao kukuni
-
10 gramm jelatin
-
ta'bga qarab steviya
Yo’nalishlar
Parhez tutuvchilarning ko’pchiligi mana bunday shirinliklardan iste’mol qilishni unutib qo’ygan bo’lsalar ajab emas.
Ammo uddaburon Zira bu muammoga ham yechim topib, parhezbop bo’lishiga qaramay, juda mazali desertlar retseptini taqdim etish yo’llarini izlab topadi.
Bugun ham sizlarga mayin va yoqimli ta’mli, vaznga umuman xavf tug’dirmaydigan shirinlikdan tayyorlab ko’rishni tavsiya qiladi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 12 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
200 millilitr sut | |
200 gramm yumshoq tvorog | |
1 choy qoshiq qahva | |
1 choy qoshiq kakao kukuni | |
10 gramm jelatin | |
ta'bga qarab steviya |
Qozonchaga qahva va jelatinni solamiz. Ustidan sut quyib, 20 daqiqaga qoldiramiz.
Qozonchani past olovga qo'yib, jelatin erib ketguniga qadar aralashtirib turamiz.
Muhim! Aralashmani qaynatish kerak emas, aks holda u keyin o'z vazifasini bajarmay qoladi..
Alohida idishga tvorog, kakao va steviyani solamiz (agarda siz parhezda bo'lmasangiz, unda oddiy shakardan foydalaning). Jelatinli aralashmani ham solib, venchikda yaxshilab aralashtirib olamiz.
Aralashmani qolipchalar yoki stakanlarga quyib, 2 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.
Tayyor desertni kakao va yalpiz yaproqchalari bilan bezatib, dasturxonga tortish mumkin.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.