fbpx
Videoretsept: Pomidor-qaymoqli qaylada pishirilgan tovuq

Videoretsept: Pomidor-qaymoqli qaylada pishirilgan tovuq

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bir qarashda bu oddiy taomlardan biridir, ammo smetana va ziravorlar tovuqqa o’zgacha ta’m va mayinlik baxsh etadi.

Garnir sifatida esa makaron yoki guruchdan tortish mumkin.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 38 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

800 gramm tovuq filesi
150-200 gramm smetana
2 osh qoshiq pomidor pastasi
2 choy qoshiq tovuqqa mo'ljallangan ziravorlar
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
0.5 choy qoshiq zira
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Qaylaga kerakli barcha masalliqlarni aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovuq go'shtini qaylaga yaxshilab belab olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Oziq-ovqat pelyonkasi bilan ustini yopib, 2 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ikki soatdan so'ng pelyonkadan olib, folgaga o'raymiz va 180-190 C darajada 25 daqiqa folga bilan, so'ng folgani olib tshlab, 10 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Taomni xohlagan biror bir garnir bilan birga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

800 gramm tovuq filesi
150-200 gramm smetana
2 osh qoshiq pomidor pastasi
2 choy qoshiq tovuqqa mo'ljallangan ziravorlar
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
0.5 choy qoshiq zira
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Ismaloq bilan pishiriladigan tovuq
keyingi
Tunets balig’i va ismaloq solib pishirilgan kish

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.