Parhezbop qovoqli vaflilar
Masalliqlar:
-
200 gramm qovoq
-
2 ta tuxum
-
100 gramm kefir
-
50 gramm guruch uni
-
1 choy qoshiq qabartma
-
surtish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Juda foydali hisoblanmish mana bunday vaflilar barchaga birdek yoqishi aniq. Bunda qovoqning mavjudligi umuman sezilmay, aksincha ajoyib bir ta’m beradi.
Agarda sizning vafli pishirgichingiz bo’lmasa, tashvishlanmang, ularni oddiy tovada quymoqchalardek pishirb olishingiz mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 12 000 so’m sarf qilinadi.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
200 gramm qovoq | |
2 ta tuxum | |
100 gramm kefir | |
50 gramm guruch uni | |
1 choy qoshiq qabartma | |
surtish uchun o'simlik yog'i |
Qovoqni po'stini archib, qirg'ichdan chiqarib olamiz. Ustidan qolgan masalliqlarning barchasini solib, aralashtirib olamiz.
Vafli pishirgich yoki tovaga ozgina yog' surtib olamiz. Agarda siz vafli pishirgichda pishirsangiz, unda xamirni quyib, 5-6 daqiqa davomida pishiramiz. Agar tovada xuddi quymoqchalardek pishirishni istasangiz, unda xamirni 1-2 osh qoshiqdan solib, har bir tomonini 3-4 daqiqadan pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Masalliqlar:
200 gramm qovoq | |
2 ta tuxum | |
100 gramm kefir | |
50 gramm guruch uni | |
1 choy qoshiq qabartma | |
surtish uchun o'simlik yog'i |