fbpx
Non pishirgichda tayyorlanilgan non

Non pishirgichda tayyorlanilgan non

Yo’nalishlar

Agarda taomlar tayyorlashda ortiqcha bo’sh vaqtga ega bo’lmasangiz, unda o’zi xamir qorib, o’zi pishiradigan ajoyib qurilma – non pishirgichlarga ehtiyoj sezasiz.Unda tayyorlanilgan non ideal darajada chiqadi.

Qadam 1
Tugallandi

Non pishirgichlar turli xil bo'lsada, ammo ularning barchasida ishlash texnikasi deyarli bir xil bo'ladi.

Non pishirgichga suv quyamiz, ustidan tuz, yog' va unni solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Masalliqlarning o'rtasiga shakar va xamirturushni sepamiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ng pishirish tartibini tanlaymiz. Bizning non pishirgichda u "Asosiy" deb nomlanadi. So'n pishiriwning ixtiyoriy rangidan "O'rtacha" sini tanlaymiz. "Start" tugmasini bosib, non tayyor bo'lgunicha boshqa ishlarimiz bilan shug'ullanamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Non pishgandan so'ng issiqligida qolipdan olsak, usti qarsillab turadi. Nonni qolipi bilan birga qo'lqopda olamiz. Ehtiyot bo'ling, juda issiq bo'ladi. Nonni qolipida 10 daqiqa qoldiramiz, so'ng qolipidan ajratib, yana 25-30 daqiqaga tindiramiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url
oldingi
Beygl – isroilcha pishiriq
keyingi
Yashil no’xat va dudlangan lasos balig’idan tayyorlanilgan quymoqlar

1 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.