Mevali nayskrim
Masalliqlar:
-
2 ta banan
-
2 ta kivi
-
6 osh qoshiq yogurt
-
1 osh qoshiq asal
-
100 gramm maymunjon
Yo’nalishlar
Mevalardan tayyorlanilgan juda mazali, shu bilan birga foydali shirinligimiz retseptini kutib oling. Ajoyib nonushta bo’la oladigan bu shirinlik oila a’zolaringizga, ayniqsa bolajonlarga juda yoqadi.
Bunday nonushtadan hech kim bosh tortmasligi aniq.
Bunday shirinlikka taxminan 18 000 so’m sarflaysiz.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Bananlarni po'stidan tozalab, parrak qilib to'g'raymiz va oziq-ovqat pelyonkasiga o'rab, muzlatgichda sovutib olamiz.
Buning uchun 15 daqiqa yetarli bo'ladi.
Bananlarning yarmini blenderga solamiz, ustidan kivi va asalni solib ezamiz.
Bananlarning qolgan yarmi ustidan 2 osh qoshiq yogurt, maymunjonlarni solib, ularni ham blenderda maydalaymiz.
Stakan yoki shunga mos biror idishga avval kivili nayskrimdan solamiz, so'ng 2 osh qoshiq yogurt va ustidan maymunjonli nayskrim solamiz.
Ustini ta'bga qarab har xil mevalar, granola yoki yong'oq bilan bezaymiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.