Ko’zachada pishirilgan tovuq
Masalliqlar:
-
500 gramm tovuq filesi
-
2 ta qovoqcha
-
2 ta shoxcha ko'k piyoz
-
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
2 ta pomidor
-
6 ta tuxum
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Ko’zachalarda tayyorlaniladigan bu taom juda mazali bo’lib, ajoyib ko’rinishi bilan ko’pchilikni qiziqtirsa ajab emas!
Bunday taomni pazandachilikdan hali xabari yo’q insonlar ham bemalol tayyorlay olishadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 17 000 soʻm sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
500 gramm tovuq filesi | |
2 ta qovoqcha | |
2 ta shoxcha ko'k piyoz | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
2 ta pomidor | |
6 ta tuxum | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Tovuq go'shtini mayda to'rtburchak to'g'rab, yog'da qizartirib qovurib olamiz.
Qovoqchani ham mayda to'g'rab, uni ham alohida qovurib olamiz.
Tovuq bilan qovoqchani aralashtirib, mayda to'g'ralgan sarimsoq piyoz va pomidorni solamiz. Aralashtiramiz.
Tuz va murch, shuningdek xohishga qarab, har xil ziravorlar ham sepish mumkin.
Hammasini ko'zachaga solamiz, ustidan to'g'ralgan piyoz sepib, tuxumni ham chaqib solamiz.
200 C darajada qizigan pechda, 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Tayyor taomga yana ozroq ko'k piyoz sepib, dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm tovuq filesi | |
2 ta qovoqcha | |
2 ta shoxcha ko'k piyoz | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
2 ta pomidor | |
6 ta tuxum | |
ta'bga qarab tuz va murch |