Fransuzcha go’shtli taom
Masalliqlar:
-
500 gramm mol go'shti
-
500 gramm kartoshka
-
300 gramm yangi uzilgan qo'ziqorinlar
-
400 gramm pomidor
-
200 gramm piyoz
-
200 gramm qattiq pishloq
-
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
200 gramm mayonez
-
ta'bga qarab zaytun moyi
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
ta'bga qarab har xil sevimli ziravorlar
Yo’nalishlar
Agarda siz oddiy tayyorlaniladigan, ammo ajoyib ko’rinishga ega taom retseptini qidirayotgan bo’lsangiz, unda bu retseptga diqqat qiling!
Fransuzcha deb nomlanuvchi bu taom aslida Rossiyada o’ylab topilgan bo’lib, ammo unga mayonezli qayla solinishi sabab ham fransuzcha deb nom berishgan.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 52 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
500 gramm mol go'shti | |
500 gramm kartoshka | |
300 gramm yangi uzilgan qo'ziqorinlar | |
400 gramm pomidor | |
200 gramm piyoz | |
200 gramm qattiq pishloq | |
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
200 gramm mayonez | |
ta'bga qarab zaytun moyi | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ta'bga qarab har xil sevimli ziravorlar |
Go'shtni olib, bo'laklarga bo'lamiz va oshxona bolg'achasi yordamida yaxshilab to'qmoqlaymiz (urib chiqamiz). Tuz va murch sepamiz.
Mayonezga maydalangan sarimsoqpiyozni solib aralashtirib olamiz, ta'bga qarab sevimli ziravorlarimizdan solamiz.
Pomidor, qo'ziqorin va kartoshkani parrak qilib to'g'raymiz, piyozni esa halqalarga kesib chiqamiz.
Kartoshkaga yog'dan surtamiz, tuz va murch sepamiz.
Qolipga yog' surtamiz va kartoshkani bir qavat qilib terib chiqamiz. Ustidan mayonezli aralashmadan surtamiz.
Ustidan to'g'ralgan piyozni yarmini terib chiqamiz.
So'ng go'sht bo'laklarini teramiz va ustidan yana mayonezli qayladan surtamiz.
Ustidan qolgan kartoshkani terib, yana mayonezli qayladan surtamiz.
Ustidan qolgan piyoz, qo'ziqorin va pomidorni terib chiqamiz.
Ustini folga bilan yopib, 200 C darajada 50 daqiqa davomida pishirib olamiz.
So'ng folgani olib tashlab, ustidan pishloq sepamiz va yana 15 daqiqa pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm mol go'shti | |
500 gramm kartoshka | |
300 gramm yangi uzilgan qo'ziqorinlar | |
400 gramm pomidor | |
200 gramm piyoz | |
200 gramm qattiq pishloq | |
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
200 gramm mayonez | |
ta'bga qarab zaytun moyi | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ta'bga qarab har xil sevimli ziravorlar |