fbpx
«Beshamel'» qaylasi

«Beshamel'» qaylasi

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

«Beshamel'» qaylasi – Yevropa oshxonasining eng mashhur 5 ta qaylalaridan biri bo’lib, ko’pgina italyancha taomlarning asosi sanaladi.

Bu qaylani tayyorlash juda oson bo’lib, faqatgina ba’zi bir qoidalarga amal qilish talab qilinadi xolos. Xo’sh, bu qanday qoidalar ekan, quyida tanishib olamiz.

Masalliqlar:

750 millilitr sut
2 osh qoshiq un
50 gramm sariyog'
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
bir chimdim tuz
0,5 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i
Qadam 1
Tugallandi

Tovaga sariyog'ni solib eritamiz va ustidan o'simlik yog'ini solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Yog' qizigandan so'ng, unni solamiz. Qaylani past olovda tayyorlash muhim. Aks holda, qayla tez quyulib, tagi oladi.

Qadam 3
Tugallandi

U unni yaxshilab aralashtiramiz. U barcha yog'ni o'ziga shimdirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xona haroratidagi sutni oz-ozdan solamiz. Avval sutning yarmini solamiz. Boshida uyumlar paydo bo'ladi. Yaxshilab aralashtirb olamiz va sutning qolgan qismini solamiz. Shu bosqichdan boshlab, kovlab turishni to'xtatmaymiz. Agar uyumlar yo'qolgan bo'lsa, endi uni blenderda maydalab olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Maydalangan muskat yong'og'i va tuz solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qaylani 5 daqiqa qaynatamiz. Uning quyuqligi smetanaga o'xshaydi. Ammo unning sifatiga qarab, u biroz boshqacharoq bo'ladi. Agar qayla quyuq chiqsa, unda yana biroz sut qo'shib, qaynatib olamiz.

Qaylamiz ham tayyor, uni har xil taomlar, shu jumladan italyancha lazanya taomi uchun tayyorlashingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 30 daqiqa
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

750 millilitr sut
2 osh qoshiq un
50 gramm sariyog'
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
bir chimdim tuz
0,5 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i
oldingi
Jem surtilgan biskvitli tort
keyingi
Karbonaro pastasi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.