Baqlajon va tovuq qo’shib pishirilgan pirog
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
1 ta tuxum
-
120 millilitr kefir
-
400 gram un
-
120 millilitr o'simlik yog'i
-
2 choy qoshiq qabartma
-
Asosiga:
-
300 gram tovuq go'shti (lahm)
-
1 baqlajon
-
2 ta bulg'or qalampiri
-
2 ta piyoz
-
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
ta'bga ko'ra tuz
-
Ustidan quyish uchun:
-
2 ta tuxum
-
120 millilitr shakarsiz yogurt
-
100 gram qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
Yo’nalishlar
Siz bundan oldin baqlajon va tovuq go’shti solib pishiriladigan pirog haqida eshitganmisiz. Albatta yo’q, chunki bu noyob retsept bo’lib, endilikda yaqinlaringizni bu antiqa pirog bilan lol qoldirishingiz mumkin.
Qolipni xohishga qarab, diametri 24 sm li aylana yoki 20×30 sm li to’rtburchak qoliplardan foydalanishingiz ham mumkin.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 21 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
1 ta tuxum | |
120 millilitr kefir | |
400 gram un | |
120 millilitr o'simlik yog'i | |
2 choy qoshiq qabartma | |
Asosiga: |
|
300 gram tovuq go'shti (lahm) | |
1 baqlajon | |
2 ta bulg'or qalampiri | |
2 ta piyoz | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra tuz | |
Ustidan quyish uchun: |
|
2 ta tuxum | |
120 millilitr shakarsiz yogurt | |
100 gram qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq | |
ta'bga ko'ra tuz va murch |
Tog'orachaga kefir bilan o'simlik yog'ini quyamiz, ustidan tuxum bilan tuzni solamiz.
Silliq bo'lgunga qadar ozroq ko'pirtiramiz.
Un bilan qabatmani elab solamiz.
Aralashtiramiz.
Xamirni qoramiz, oziq-ovqat pelyonkasiga o'rab, so'ng 30 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.
Xamir sovutgichga tinguniga qadar, pirogning asosini tayyorlab olamiz.
Bulg'or qalampirlarini yuvamiz, dumchalarini olib tashlab, to'rtga bo'lamiz va ichidagi urug'chalarni tozalab tashlaymiz. So'ng to'rtga bo'lingan bulg'or qalampirini somoncha shaklida to'g'rab olamiz
Piyozni po'stidan achib, mayda to'rtburchak qilib to'g'raymiz.
Baqlajonni yuvamiz, xoxishga ko'ra po'tini olamamiz, va to'rtburchak qilib o'g'raymiz.
Qaynayotgan tuzli suvga tovuq filezini solamiz va 10 daqiqa qaynatib pishiramiz.
Pishgan tovuq filesini to'rtburchak qilib to'g'raymiz.
Tovaga zaytun yog'ini solib qizdiramiz va ustidan tayyorlab qo'yilgan sabzavotlarni solib chiqamiz.
Muntazam aralashtirib, sabzavotlar yarim tayyor bo'lguniga qadar qovuramiz.
Sabzavotlar ustidan tovuq bo'laklarini solib aralashtiramiz va gaz ustidan olib qo'yamiz.
Qolipga sariyog' ssurtib olamiz.
Stol yoki biror yuzaga un sepib, ustida xamirni 5 mm qalinlikda yoyib olamiz, so'ng o'qlovga o'rab, asta qolipga joylashtiramiz.
Xamirni bir necha joyiga sanchiqni suqamiz.
Ichiga asosini solib, ustini tekislab olamiz.
Pishloqni qirg'ichning katta tishidan chiqarib, ustidan yogurt, tuxum, tuz va murchni solamiz.
Yaxshilab aralashtirib, pirogning ustidan quyamiz.
180 c darajada qizdirilgan gaz pechida pirog tillarangga kirgunicha, taxminan 50 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pishgan pirogni issiqligida ham, sovutib ham iste'mol qilish mumkin. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
1 ta tuxum | |
120 millilitr kefir | |
400 gram un | |
120 millilitr o'simlik yog'i | |
2 choy qoshiq qabartma | |
Asosiga: |
|
300 gram tovuq go'shti (lahm) | |
1 baqlajon | |
2 ta bulg'or qalampiri | |
2 ta piyoz | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra tuz | |
Ustidan quyish uchun: |
|
2 ta tuxum | |
120 millilitr shakarsiz yogurt | |
100 gram qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq | |
ta'bga ko'ra tuz va murch |