fbpx
Videoretsept: pishloqli nachinkali tovuq filesi

Videoretsept: pishloqli nachinkali tovuq filesi

Masalliqlar:

  • Nachinka uchun

Yo’nalishlar

Tovuq filesidan tayyorlanadigan taomlar turi juda ko’p. Biz, ko’p vaqt talab qilmaydigan, qiziqarli bir taom tayyorladik.

Fileni 2 xil pishloq va ismaloq bilan pishirib ko’rishni taklif qilamiz. Natijasi juda mazzali. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 85 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
700 gramm tovuq filesi
2 choy qoshiq tuz
2 choy qoshiq qora murch
2 choy qoshiq kashnich urug'i
2 choy qoshiq kurkuma
2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
30 millilitr o'simlik yog'i
100 gramm pomidor cherry
Nachinka uchun
200 gramm tvorogli pishloq
60 gramm motsarella pishlog'i
50 gramm ismaloq
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
Qadam 1
Tugallandi

Motsarella pishlog’ini qirg’ichdan chiqaramiz. Ismaloqni maydalaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Idishda tvorogli pishloq, motsarella, ismaloq, ziravorlar va maydalangan sarimsoqpiyozni birlashtiramiz.
Motsarella va tvorogli pishloq hozirda barcha supermarketlarda sotiladi. O’zingizga yoqadiganini tanlang.

Qadam 3
Tugallandi

Tovuq filesini quritib, ikki tomonini urib chiqamiz. Har bir file bo’lagini o’rtasidan, huddi cho’ntak ochganday, kesamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Bu «cho’ntaklarni» nachinka bilan to’ldiramiz va tish tayoqlari bilan berkitamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Ikki tomoniga ziravorlar surtamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tovaga yog’ quyib, qizdiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qizigan yog’ga tovuq filesini solib, ikki tomonini qizartirib pishiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Ikkiga bo’lingan cherri pomidorlarini qo’shib, yana 2 daqiqa qo’vuramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Tovani 23-30 daqiqaga 190С gacha qizdirilgan pechga qo’yamiz. Tayyorlanish vaqti filening xajmiga bog’liq. 15 daqiqadan so’ng tekshirib ko’ring.
Agar tovangiz pechga solishga mo’ljallangan bo’lmasa, pishirish uchun idishga solib, keyin pechga qo’ying.

Qadam 10
Tugallandi

Tayyor taomni istalgan garnir bilan dasturxonga tortish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat
  • Portsiya 4
  • O’rtacha
  • 190C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
700 gramm tovuq filesi
2 choy qoshiq tuz
2 choy qoshiq qora murch
2 choy qoshiq kashnich urug'i
2 choy qoshiq kurkuma
2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
30 millilitr o'simlik yog'i
100 gramm pomidor cherry
Nachinka uchun
200 gramm tvorogli pishloq
60 gramm motsarella pishlog'i
50 gramm ismaloq
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
oldingi
Videoretsept: «Qizil baxmal» shirinligi
keyingi
Videoretsept: ko’kat va nachinkali blinchiklar (quymoqlar)

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.