fbpx
Videoretsept: mikroto’lqinli pechda quymoq pishirish

Videoretsept: mikroto’lqinli pechda quymoq pishirish

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Quymoq – mazali va oson tayyorlaniladigan nonushta. Mikroto’lqinli pechda tayyorlanilgan quymoq ortiqcha vaqtni talab qilmasligi bilan barchani quvontiradi.

5 daqiqa va mazali nonushta tayyor! Tuxumga har xil asoslar qo’shib, turli xil yangi taomlar pishirish mumkin. Masalan qo’ziqorin, pishloq, ko’katlar va boshqa shu kabi masalliqlar qo’shib. Kelinglar, bugun kolbasa va dudlangan go’sht qo’shilgan quymoq tayyorlab olamiz.

 

Masalliqlar:

2 ta tuxum
3 osh qoshiq sut
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
bir bo'lak dudlangan go'sht
bir bo'lak dudlangan kolbasa
ta'bga qarav tuz va murch
bezatish uchun ko'katlar
Qadam 1
Tugallandi

Idishga tuxum, sut, yog' va tuz bilan murchni solib aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Go'sht va kolbasani mayda to'g'raymiz va tuxum bilan aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Pishiradigan idishga 2/3 taqsimda solamiz va mikroto'lqinli pechga qo'yib, 800 V da 2,5 - 3 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tayyor taomni ko'katlar bilan bezab, issiqlifida dasturxonga tortamiz. Yoqumli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • 5 daqiqa
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

2 ta tuxum
3 osh qoshiq sut
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
bir bo'lak dudlangan go'sht
bir bo'lak dudlangan kolbasa
ta'bga qarav tuz va murch
bezatish uchun ko'katlar
oldingi
O’rama xonim
keyingi
Batafsil fotoretsept: Gulxonim

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.