fbpx
Baliqli kotletlar

Baliqli kotletlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bunday baliqli kotletlar shu darajada mayinki, og’izda erib ketganini ham sezmay qolasiz.

Bunday taom o’z qomatiga ahamiyatli va har tomonlama foydali taomlardan iste’mol qiluvchilarga juda asqotadi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 35 000 so’m sarf qilinadi.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

300 gramm qizil baliq filesi
1 dona tuxum
bir necha shoxcha ko'k piyoz
1,5 choy qoshiq makkajo'xori kraxmali
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Baliq filesini mayda to'rtburchak qilib to'g'raymiz. Ko'k piyozni ham xuddi shunday yupqa to'g'rab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tog'orachaga to'g'ralgan baliq, ko'k piyoz, tuxum va kraxmali solamiz. Tuz va murch sepib, aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tagi olmaydigan tovaga qoshiq yordamida qiymadan solib chiqamiz. Yoki har ehtimolga qarshi tovaga ozgina o'simlik yog'idan surtish ham mumkin. Qopqog'ini yopib, ikkala tomonini ham qovurib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

300 gramm qizil baliq filesi
1 dona tuxum
bir necha shoxcha ko'k piyoz
1,5 choy qoshiq makkajo'xori kraxmali
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Qatlamali xamir va tovuqdan tayyorlangan «qopchalar»
keyingi
Videoretsept: Achchiq ta’mli shokoladli pirog

2 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.