fbpx
Gulkaramli quyuq sho’rva

Gulkaramli quyuq sho’rva

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Lavlagi solingan karam sho’rvalar-u har kungi pishiriladigan suyuq ovqatlar joningizga tegdimi? Bir xillikdan charchadizmi? Unda bizning gulkaramdan pishirilib, qaymoq bilan boyitilgan krem-sho’rvamiz aynan siz uchun.

Bunday sho’rva juda tez va oson tayyorlaniladi, shu bilan birga uning ta’mi va hidining o’ziga tortadigan xususiyatlari sizni befarq qoldirmaydi. Bundan tashqari gulkaramli sho’rvalar juda foydali hisoblanadi.

Masalliqlar:

Portsiya:
1 bosh gulkaram o'rtacha kattalikdagi
250 millilitr sut
250 millilitr bulyon
2 osh qoshiq qaymoq
1 bosh piyoz kichkina
50 millilitr o'simlik yog'i eritilgan qaymoqdan foydalansa ham bo'ladi
ta'bga ko'ra tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

1-qadam

Gulkaram bir necha bo'laklarga bo'linadi. Piyoz mayda to'rtburchak shaklda to'g'raladi.

Qadam 2
Tugallandi

2-qadam

Kattaroq sirli idishda piyoz yaxshilab qovuriladi va gulkaramlar solinib, past olovda tayyor bo'lgunicha dimlanadi.

Qadam 3
Tugallandi

3-qadam

Ustidan sut va bulyon quyiladi. Suyuqligimiz gulkaramlarni yopishi kerak. 10 daqiqa davomida qaynatiladi va gaz plitasidan olinadi.
Silliq holatga kirguncha blenderda maydalaniladi.
Qaymoq, ta'bga ko'ra tuz va murch solinadi va yana 1-2 daqiqa davomida gaz plitasida qizdiriladi va darhol chetga olib qo'yiladi. Quyuq sho'rvamiz tayyor!
Sho'rva likopchalarga suziladi va quritilgan, qarsildoq non bo'laklari bilan dasturxonga tortiladi.

Muallif: Sitora

  • Portsiya 3
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
1 bosh gulkaram o'rtacha kattalikdagi
250 millilitr sut
250 millilitr bulyon
2 osh qoshiq qaymoq
1 bosh piyoz kichkina
50 millilitr o'simlik yog'i eritilgan qaymoqdan foydalansa ham bo'ladi
ta'bga ko'ra tuz va murch
oldingi
Profitroli
keyingi
Go’sht va olxo’rili salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.