Frikadelkali tezpishar sho’rva
Masalliqlar:
-
150 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
-
150 gramm kartoshka
-
0.5 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
-
100 gramm konservalangan loviya
-
50 gramm piyoz
-
70 gramm qizil sabzi
-
1 dona lavr yaprog'i
-
1 shoxcha timyan
-
100 gramm pekin karami
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
2 litr suv
Yo’nalishlar
Frikadelka va loviyali sho’rva — juda quyuq, to’yimli va ajoyib ta’mli taom bo’lib, katta-yu kichikka birdek manzur keladi.
Sho’rvaga tayyor konservalangan loviya solishimiz sabab ham, uni yarim soat ichida tayyorlash mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 25 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
150 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma | |
150 gramm kartoshka | |
0.5 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni | |
100 gramm konservalangan loviya | |
50 gramm piyoz | |
70 gramm qizil sabzi | |
1 dona lavr yaprog'i | |
1 shoxcha timyan | |
100 gramm pekin karami | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
2 litr suv |
Kartoshkani po'stini archib, to'rtburchak shaklda to'g'raymiz va issiqqa chidamli idishga solib, 8 daqiqa mikroto'lqinli pechda pishirib olamiz.
Qiymaga tuz, murch va sarimsoqpiyoz kukunini solib aralashtirib olamiz. Qo'limizni yog'lab, qiymadan frikadelkalar yasab olamiz.
Piyoz va sabzini mayda to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz.
Pekin karamini qattiq joyini kesib tashlab, o'zini 2 sm kattalikda to'g'raymiz.
Konservalangan loviya suvini to'kib tashlaymiz. Iloji bo'lsa oq loviyadan foydalanamiz.
Qozonga 1 osh qoshiq yog' solib qizdiramiz. Piyozni solib, qovurib olamiz.
Ustidan sabzini solib, 3 daqiqacha qovurib olamiz. So'ng frikadelkalar, karam, loviya va kartoshkani solamiz. Ustidan suv quyamiz. Lavr yaprog'ini solib, 15 daqiqa qaynatib pishiramiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
150 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma | |
150 gramm kartoshka | |
0.5 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni | |
100 gramm konservalangan loviya | |
50 gramm piyoz | |
70 gramm qizil sabzi | |
1 dona lavr yaprog'i | |
1 shoxcha timyan | |
100 gramm pekin karami | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
2 litr suv |