Pishloqli vaflilar
Masalliqlar:
-
150 gramm motsarella pishlog'iyoki xohlagan boshqacha pishloq
-
3 osh qoshiq guruch uni
-
3 osh qoshiq suli yormasi uni
-
1 dona tuxum
-
80 millilitr kefir
-
xohlagan ko'kat
-
ta'bga qarab tuz
Yo’nalishlar
Pishloq solib tayyorlaniladigan buday vaflilardan tayyorlab ko’rganmisiz? Nonushtaga siz bulardanda tezroq tayyorlaniladigan, shu bilan birga foydaliroq retsept topa olmaysiz.
Aytgancha, bu yegulik ishga yoki o’qishga olib borishga qulay.
100 gramm yegulikning taxminiy ozuqaviy qiymati: 213,73 kKal bo’lib, oqsillar — 11,58 gr, yog’lar – 11,32 gr, uglevodlar — 21,30 gr.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 27 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
150 gramm motsarella pishlog'i | |
3 osh qoshiq guruch uni | |
3 osh qoshiq suli yormasi uni | |
1 dona tuxum | |
80 millilitr kefir | |
xohlagan ko'kat | |
ta'bga qarab tuz |
Pishloqni qirg'ichdan chiqarib olamiz.
Ko'katlarni mayda to'g'rab olamiz.
Kattaroq idishga pishloq, guruch uni, suli yormasi uni, tuxum va kefirni solib, silliq bo'lguniga qadar aralashtirib olamiz. Tuz sepamiz.
Vafli pishirgichda 3-4 daqiqadan pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
150 gramm motsarella pishlog'i | |
3 osh qoshiq guruch uni | |
3 osh qoshiq suli yormasi uni | |
1 dona tuxum | |
80 millilitr kefir | |
xohlagan ko'kat | |
ta'bga qarab tuz |