Brokkoli va dudlangan lasosdan toblatma
Masalliqlar:
-
500 gramm brokkoli karami
-
100 gramm kam tuzlangan yoki dudlangan lasos balig'i
-
2 ta tuxum
-
100 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
-
100 mili smetana
-
50 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Bu retsept tez tayyorlaniladigan taomlarni xush ko’ruvchilarga yooqadi. Oshxonaga kirgan vaqtingizdan boshlab 45 daqiqa ichida, bu taom hil-hil pishadi.
Dudlangan baliq a brokkoli uyg’unligidagi taom haqiqatdan ham mazali chiqar ekan.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 47 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
500 gramm brokkoli karami | |
100 gramm kam tuzlangan yoki dudlangan lasos balig'i | |
2 ta tuxum | |
100 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
100 mili smetana | |
50 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Brokkolini bo'laklarga bo'ling va qaynagan tuzli suvda 5 daqiqa pishirib oling.
So'ng pishgan brokkolini maydaroq bo'lakchalarga bo'ling.
Lasos filesini xohlaganingizcha to'g'rang.
Idishga tuxumni chaqib soling, ustidan qaymoq, smetana va pishloqni soling. Tuz va murchini rostlab, yaxshilab aralashtirib oling.
Suyuq aralashma uustidan brokkoli va lasosni solib, aralashtirib oling.
Hammasini yog'langan qolipga soling.
Bizlar 20x30 sm qolipdan foydalandik.
180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqa pishirib oling. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm brokkoli karami | |
100 gramm kam tuzlangan yoki dudlangan lasos balig'i | |
2 ta tuxum | |
100 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
100 mili smetana | |
50 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq | |
ta'bga qarab tuz va murch |