fbpx
Ratatuy

Ratatuy

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Qaylasiga:

Yo’nalishlar

Hozir sabzavotlardan to’yib oziqlanishning ayni fursati bo’lib, bugun ulardan fransuz oshxonasiga mansub taom bo’lmish, ratatuy tayyorlaymiz. Tayyorlanilishi juda oddiy, ta’mi esa quvontiradigan baqlajon, qovoqcha va bulg’or qalampiridan tayyorlaniladigan bu taomga o’zingizning yoqtirgan ziravorlaringizni qo’shing va lazzatli taomdan bahra oling.

Masalliqlar:

Qaylasiga:
2 dona qizil bulg'or qalampiri
2 ta pomidor
1 bosh piyoz piyoz
2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz
2 ta baqlajon
2 ta qovoqcha
2 ta pomidor
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
3 osh qoshiq zaytun moyi
ta'bga qarab ko'katlar rayhon va timyan
ta'bga qarab ziravorlar
Qadam 1
Tugallandi

Qayla

Qizil bulg'or qalampirlarini 200° darajada qizdirilgan gaz pechiga butunligicha solib, 20 daqiqa pishirib olamiz. Sovutamiz va yelim qog'ozga solib, 30 daqiqaga qoldiramiz. so'ng bulg'or qalampirlarini po'sti va urug'chalaridan tozalab olamiz. Pomidorlarni po'stidan tozalab, to'rtburchak qilib to'g'raymiz. Piyozni mayda to'g'rab qovurib olamiz, ustidan pomidorlarni solamiz. So'ng bulg'or qalampirini solib, 5 daqiqa dimlab qo'yamiz. Aralashmaga tuz sepib, blenderda maydalab olamiz. Tayyor qaylani yarmini qolipga solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Sabzavotlarni parrak qilib to'g'raymiz. Ustidan qaylani quyamiz. Piyolaga maydalangan sarimsoqpiyoz, ko'katlar, zaytun yog'i, tuz solib aralashtiramiz va shu aralashma bilan taomning ustidan quyamiz.
Ratatuyni 200° qizdirilgan gaz pechida 20 daqiqa davomida ustini folga bilan, 10 daqiqa esa folgasiz pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Qaylasiga:
2 dona qizil bulg'or qalampiri
2 ta pomidor
1 bosh piyoz piyoz
2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz
2 ta baqlajon
2 ta qovoqcha
2 ta pomidor
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
3 osh qoshiq zaytun moyi
ta'bga qarab ko'katlar rayhon va timyan
ta'bga qarab ziravorlar
oldingi
Shokoladli pankeyklar
keyingi
Rayhondan tayyorlanilgan yaxna limonad

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.