Qovoqchadan pishirilgan shirin keks
Masalliqlar:
-
350 gramm un
-
1 ta katta qovoqcha
-
250 gramm shakar
-
200 millilitr o'simlik yog'i
-
3 ta tuxum
-
1 choy qoshiq qabartma
-
1 choy qoshiq vanilin
-
2 choy qoshiq limon po'sti
-
bir chimdim tuz
Yo’nalishlar
Agarda siz bundan oldin qovoqchadan shirin pishiriq tayyorlashda foydalanmagan bo’lsangiz, unda hozir buning ayni fursati. Bunday keks o’zining juda mazali va mayin ta’mi bilan sizga yoqishi aniq.
Bu mazali keksni tayyorlashda sizdan uncha ko’p bo’lmagan masalliqlar talab qilinadi.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 10 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
350 gramm un | |
1 ta katta qovoqcha | |
250 gramm shakar | |
200 millilitr o'simlik yog'i | |
3 ta tuxum | |
1 choy qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq vanilin | |
2 choy qoshiq limon po'sti | |
bir chimdim tuz |
Qovoqchani katta qirg'ichdan chiqaramiz.
Tuxumni oqini sarig'idan ajratib olamiz.
Shakar va tuxum sarig'ini qirg'ichdan chiqarilgan qovoqcha ustidan solamiz.
So'ng o'simlik yog'i, vanilin, tuz, elangan un va qabartma, limon po'stini solamiz.
Qoshiq yordamida yaxshilab aralashtirib olamiz.
Alohida idishda tuxum oqlarini yaxshilab ko'pirtirib olamiz va aralashma ustidan solamiz.
Biroz aralashtiramiz xolos.
Qolipni yog'lab, un sepamiz a xamirni quyamiz.
180 C haroratda qizdirilgan gaz pechida 45 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Tayyorligini gugurt cho'p yordamida tekshirib olamiz.
Keksni qolipida sovutamiz, so'ng olib ustiga shakar upasi sepamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
350 gramm un | |
1 ta katta qovoqcha | |
250 gramm shakar | |
200 millilitr o'simlik yog'i | |
3 ta tuxum | |
1 choy qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq vanilin | |
2 choy qoshiq limon po'sti | |
bir chimdim tuz |