Videoretsept: Yopiq pitsa
Masalliqlar:
-
400 gramm un
-
150 millilitr sut
-
0,5 choy qoshiq tuz
-
1 dona tuxum
-
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
0,5 choy qoshiq qabartma
-
1 choy qoshiq 9% li sirka
-
1 dona tuxum sarig'i
-
Asosiga:
-
200 gramm qattiq pishloq
-
50 grammdan ketchup va mayonez
-
100 gramm "pepperoni" kolbasalari yoki xohlagan dudlangan kolbasa
-
ta'bga qarab bulg'or qalampirlari
-
6-8 ta piyoz halqachalari
-
6-8 ta zaytun mevasi
-
50 gramm qaynatilgan kolbasa
Yo’nalishlar
Bugun tayyorlaydigan pitsamiz, oddiy pitsalardan farq qiladi. Pirogga o’xshab ketuvchi bu pitsa, o’zining ajoyib ta’mi bilan sizni xursand qilishi aniq.
Bir daqiqalik videolavhamizi tomosha qilib, yangicha taom retsepti bilan tanishing.
Masalliqlar:
400 gramm un | |
150 millilitr sut | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
1 dona tuxum | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
0,5 choy qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq 9% li sirka | |
1 dona tuxum sarig'i | |
Asosiga: |
|
200 gramm qattiq pishloq | |
50 grammdan ketchup va mayonez | |
100 gramm "pepperoni" kolbasalari yoki xohlagan dudlangan kolbasa | |
ta'bga qarab bulg'or qalampirlari | |
6-8 ta piyoz halqachalari | |
6-8 ta zaytun mevasi | |
50 gramm qaynatilgan kolbasa |
Idishga tuxum, sut, o'simlik yog'i, tuz, qabartmani solamiz, ustidan sirkani solib venchikda aralashtirib olamiz. Un solib, o'rtacha yumshoqlikdagi xamir qoramiz. Ustini yopib, yarim soatga tindirib qo'yamiz.
Xamirni olib, teng ikki qismga bo'lamiz. Aylana qilib yoyib olamiz.
Xamirni noma'lum qilib 6 ta teng bo'lakka bo'lamiz. Uchtra bo'laklariga mayonez, qolgan uchtasiga ketchup surtamiz.
Ichiga xohishga qarab kolbasa va sabzavotlarni to'g'rab, terib chiqamiz. Ustidan qirg'ichdan chiqarilgan pishloq sepib, ikkinchi xamir bilan ustini yopamiz.
Xamirkeskich bilan xamirni 6 ta teng qismga ajratib, ustidan tuxum sarig'ini surtamiz.
190 C darajada qizdirilgan gaz pechida 20 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
400 gramm un | |
150 millilitr sut | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
1 dona tuxum | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
0,5 choy qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq 9% li sirka | |
1 dona tuxum sarig'i | |
Asosiga: |
|
200 gramm qattiq pishloq | |
50 grammdan ketchup va mayonez | |
100 gramm "pepperoni" kolbasalari yoki xohlagan dudlangan kolbasa | |
ta'bga qarab bulg'or qalampirlari | |
6-8 ta piyoz halqachalari | |
6-8 ta zaytun mevasi | |
50 gramm qaynatilgan kolbasa |