fbpx
Tunets balig’i va kavar kurtaklari qo’shib tayyorlanilgan pitsa

Tunets balig’i va kavar kurtaklari qo’shib tayyorlanilgan pitsa

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

 Qo’ziqorin, kolbasa va zaytun mevalaridan tayyorlaniladigan pitsalarga ko’zimiz o’rganib qolgan. Lekin, bugun yangicha ta’mli taom tayyorlashni siz azizlarga ko’rsatib bermoqchimiz.

Bugungi pitsamizni tunets balig’i va marinadlangan kavardan tayyorlashga qaror qildik.
Kavar yoki kovul cho‘l va adirlarda, yo‘l bo‘ylarida, devorlar ustida, ekinlar orasida o‘sadigan kovul ko‘p urug‘li rezavor bo‘lib, mevalari etdor, uzunligi 2 smga boradi. Kavar o‘simligi tabiiy holda O‘rtayer dengizi, Yevropa janubida, Kavkazda, O‘rta Osiyoda, shu jumladan, O‘zbekistonda, Pokiston va Hindistonda tarqalgan.  Kovul dorivor o‘simlik bo‘lishi bilan bir qatorda oziq-ovqatda ham ishlatiladi. Kovulning g‘unchali novdalari, g‘unchalari, rivojlanayotgan mevalari sirka kislotasida marinovat qilinadi hamda oziq-ovqatda «kaperslar» nomi bilan mashhur dori-darmon ko‘rinishida foydalaniladi.

 

Masalliqlar:

1 kilo un
560 millilitr iliq suv
25 millilitr zaytun moyi
14 gramm achitqi
ta'bga qarab tuz
100 gramm tunets balig'i
120 gramm pishloq
40 gramm marinadlangan kavar kurtaklari
200 gramm pomidor
100 gramm piyoz
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Iliq suvga xamirturushni solib, aralashtiramiz.

Tuz solamiz va erigunicha yana aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Zaytun moyini quyamiz va ustidan unni elab solamiz. Yaxshilab aralashtiramiz va xamir qorib olamiz. Xamir qorishda ortiqcha un qolmasligi kerak, agarda shunday bo'lsa, unda yana ozroq suv qo'shamiz.

Xamirimiz yumshoq, lekin qo'lga yopishmaydigan bo'ladi.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni ustini yopib, 1 soatga iliq joyda tindirib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamir oshgunicha esa pitsa asosi bilan shug'ullanamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Pomidorni po'stidan tozalab, blenderda maydalab olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Ajralib chiqqan suvini to'kamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tovaga sariyog'ni solib eritamiz va ezilgan pomidorni solib qovurib olamiz. Tuz sepamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Pishloqni qirg'ichning katta tishidan chiqaramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Piyozni yarim halqa qilib to'g'raymiz.

Qadam 10
Tugallandi

Gaz pechini 220 C da yoqib qo'yamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Xamirni aylanasi 30 sm qilib yoyib olamiz. Qalinligini o'z xohishingizga qarab belgilashingiz mumkin.

Gaz pechi patnisiga pergament qog'oz to'shaymiz va ustiga yoygan xamirimizni qo'yib olamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Xamirni ustiga sovigan pomidor pastasidan surtamiz.

So'ng pishloqni sepamiz.

Qadam 13
Tugallandi

Ustidan baliq, piyoz va kavar kurtakchalarini terib chiqamiz.

220 C darajada 15 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 kilo un
560 millilitr iliq suv
25 millilitr zaytun moyi
14 gramm achitqi
ta'bga qarab tuz
100 gramm tunets balig'i
120 gramm pishloq
40 gramm marinadlangan kavar kurtaklari
200 gramm pomidor
100 gramm piyoz
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
oldingi
Maroqandcha kartoshkali salat
keyingi
«Qush uyasi» taomi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.