Videoretsept: baqlajondan gazak
Masalliqlar:
-
2 ta o'rtacha baqlajon
-
1 choy qoshiq tuz
-
30 gramm pomidor pastasi
-
1 bog' ismaloq
-
100 gramm pomidor cherry
-
150 gramm motsarella pishlog'i
Yo’nalishlar
Oson va juda ham lazzatli pomidor va pishloqli baqlajonlar dasturxoningizni bezagi bo’ladi. Uni nafaqat bayram dasturxoni uchun gazak sifatida, balki tushlik uchun asosiy taom sifatida ham iste’mol qilish mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
2 ta o'rtacha baqlajon | |
1 choy qoshiq tuz | |
30 gramm pomidor pastasi | |
1 bog' ismaloq | |
100 gramm pomidor cherry | |
150 gramm motsarella pishlog'i |
Baqlajonni qalinligi, taxminan, 1 sm dumaloqchalarga kesamiz.
Pergament qog’ozi solingan patnisga terib, tuz sepamiz.
190C gacha qizdirilgan pechga 20 daqiqaga qo’yamiz.
Pishirilgan baqlajon bo’laklari ustiga biroz tomat pastasi surtamiz.
Ustiga 1-2 dona ismaloq bargi va cherri pomidori bo’lakchalarini qo’yamiz.
Qirg’ichdan chiqarilgan motsarella pishlog’ini sepamiz.
190C gacha qizdirilgan pechga, qizarib pishguncha, 15-20 daqiqaga qo’yamiz.
Masalliqlar:
2 ta o'rtacha baqlajon | |
1 choy qoshiq tuz | |
30 gramm pomidor pastasi | |
1 bog' ismaloq | |
100 gramm pomidor cherry | |
150 gramm motsarella pishlog'i |