Lavash va pishloqdan qilingan chipslar
Masalliqlar:
-
2 dona tayyor lavash xamiri
-
100 gramm pishloq
-
1 choy qoshiq oregano
-
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
-
ta'bga qarab zaytun moyi
Yo’nalishlar
Tez tayyorlaniladigan, shu bilan birga mazali gazak tayyorlashni istaysizmi? Unday bo’lsa lavash va pishloqdan ajoyib chipslar tayyorlab ko’ring.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 7 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
2 dona tayyor lavash xamiri | |
100 gramm pishloq | |
1 choy qoshiq oregano | |
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi | |
ta'bga qarab zaytun moyi |
Lavashlarni xohlagan shakl va kattalikda kesib chiqamiz. Pergament qog'oz to'shalgan patnisga teramiz.
Pishloqni qirg'ichning katta tishchasidan, sarimsoqpiyoz tishchasini esa mayda tishchasidan chiqaramiz.
Lavashlarning ustidan pishloq, sarimsoqpiyoz, oregano va zaytun yog'ini sepamiz.
200 C darajada qizigan pechga qo'yib, 5-6 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
2 dona tayyor lavash xamiri | |
100 gramm pishloq | |
1 choy qoshiq oregano | |
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi | |
ta'bga qarab zaytun moyi |