fbpx
Qiyma bilan to’ldirilgan pomidorlar

Qiyma bilan to’ldirilgan pomidorlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Mana bunday sersuv, yengilgina va mazali taom tushlik yoki kechki ovqat o’rnini bemalol bosa oladi. Shuningdek pomidorlarning ichiga ta’bga qarab xohlagan masalliqlardan solish mumkin.

Bizlar esa ularni tovuq go’shtidan tayyorlab ko’rishni tavsiya qilamiz.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 12 000 so’m pul sarflanadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

1 kilo pomidor
200 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
1 bosh piyoz
2 ta tuxum
30 gramm pishloq
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Tovaga ozgina yog' quyamiz va qiymani solib qovuramiz. Piyozni mayda to'g'rab olamiz va 10 daqiqadan so'ng piyozni solib qovuramiz. 5 daqiqa birgalikda dimlab pishiramiz. Tuz va murch sepamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Pommidorlarni "qalpoqchalari"ni kesib, ichini ozroq kovlab olamiz. Bir qismini to'g'rab, qiyma ustidan solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Pomidorlarnni qolip yoki pech patnisiga terib chiqamiz. Yarmigacha qiyma solamiz. Tuxumga tuz sepib ko'pirtiramiz va qiyma ustidan oz-ozdan quyib chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

180 C darajada qizigan pechda pomidorlarnni 20 daqiqa davomida pishirib olamiz. So'ng pishloq ustidan sepib, pishloq eriguniga qadar pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 kilo pomidor
200 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
1 bosh piyoz
2 ta tuxum
30 gramm pishloq
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
«Ilgarigidek» bulochkalar
keyingi
Sabzili pechenyelar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.