Dudlangan tovuq go’shti solib pishirilgan no’xat sho’rva
Masalliqlar:
-
300 gramm yorilgan no'xat
-
300 gramm dudlangan tovuq go'shti
-
1 bosh piyoz
-
100 gramm qizil sabzi
-
200 gramm kartoshka
-
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
10 gramm petrushka
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
2-2.5 litr suv
Yo’nalishlar
Bugun sizlarga ajoyib tushlikbop taom retseptini taqdim etamiz. Bunday tobida qaynab pishgan sho’rvaga dudlangan tovuq go’shti o’zgacha maza baxsh etadi.
Ularga qo’shimcha qilib, nonni sarimsoqpiyoz bilan birga quritib olib tortishingiz ham mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 19 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
300 gramm yorilgan no'xat | |
300 gramm dudlangan tovuq go'shti | |
1 bosh piyoz | |
100 gramm qizil sabzi | |
200 gramm kartoshka | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
10 gramm petrushka | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
2-2.5 litr suv |
Piyozni mayda to'rtburchak, sabzini esa somoncha shaklida to'g'rab olamiz. Qozonga o'simlik yog'ini quyib, qizdiramiz. Avval piyozni, so'ng sabzini solib qovurib olamiz.
Dudlangan tovuqni ham to'g'rab, qozonga solamiz va 2 daqiqacha birgalikda qovuramiz.
Sovuq suv quyamiz va no'xatni ham yuvib solamiz. Birgalikda no'xat yumshagunga qadar, taxminan 1 soat davomida pishiramiz.
Tuz va murch sepamiz, to'rtburchak qilib to'g'ralgan kartoshkani solib, 15 daqiqa yana pishiramiz.
Sho'rvani issiqligida suxariklar va to'g'ralgan ko'katlar bilan birga dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
300 gramm yorilgan no'xat | |
300 gramm dudlangan tovuq go'shti | |
1 bosh piyoz | |
100 gramm qizil sabzi | |
200 gramm kartoshka | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
10 gramm petrushka | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
2-2.5 litr suv |