fbpx
Videoretsept: Yangi Yil pechenyesi

Videoretsept: Yangi Yil pechenyesi

Masalliqlar:

  • Yorqi rangli xamir uchun:

  • To'q rangli xamir uchun:

Yo’nalishlar

Agarda sizga uyda tayyorlangan pechenyelar yoqsa, unda ikki xil rangda pishiriladigan quyidagi pechenyelar retseptiga nazar soling.

Tayyorlash jarayoni shunday sehrga boyki, siz bu jarayonda Yangi Yilning yaqinligini albatta tuyasiz.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 19 000 soʻm sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Yorqi rangli xamir uchun:
1 dona tuxum
100 gramm sariyog'
50 gramm shakar
200 gramm un
1 choy qoshiq limon po'sti
1 choy qoshiq vanil shakari
To'q rangli xamir uchun:
1 dona tuxum
100 gramm sariyog'
50 gramm shakar
30 gramm kakao
170 gramm un
0.5 choy qoshiq qabartma
1 choy qoshiq maydalangan dolchin
Qadam 1
Tugallandi

Yorqin rangli xamir

Tuxumni mikser yordamida biroz ko'pirtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xona haroratida yumshagan sariyog' va shakarni solib, ko'pirtirishda davom etamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qirg'ichdan chiqarilgan limon po'stini solib aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Unni elab ustidan solamiz va yumshoq xamir qorib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Oziq-ovqat pelyonkasiga solib, 30 daqiqa sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

To'q rangli xamir

Tuxumni mikser yordamida biroz ko'pirtirib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xona haroratida yumshagan sariyog' va shakarni solib, ko'pirtirishda davom etamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Unni kakao, qabartma va dolchin bilan aralashtirib olamiz. Tuxum ustidan solib, yumshoq xamir qorib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Oziq-ovqat pelyonkasiga solib, 30 daqiqa sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Ikkala xamirni ham teng miqdorda olamiz. Ulardan uzun kolbasachalar yasaymiz va ikkovini bir-biriga o'rab chiqamiz. 4-5 sm kattalikdagi bo'lakchalar yasab olamiz.

Qadam 11
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 15 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Yorqi rangli xamir uchun:
1 dona tuxum
100 gramm sariyog'
50 gramm shakar
200 gramm un
1 choy qoshiq limon po'sti
1 choy qoshiq vanil shakari
To'q rangli xamir uchun:
1 dona tuxum
100 gramm sariyog'
50 gramm shakar
30 gramm kakao
170 gramm un
0.5 choy qoshiq qabartma
1 choy qoshiq maydalangan dolchin
oldingi
Pishloq va kolbasali «atirgullar»
keyingi
Alkogolsiz qizdiruvchi «glintveyn» ichimligi

7 Sharhlar Hide Comments

Salom. Ushbu kanalni kuzatib boryapman va undagi ajoyib shirinliklar va mazzali taomlaru, xushbo’y ichimliklarni uyda tayyorlab oila a’zolarimni xushnud qilyapman. Buning uchun Sizlarga chin ko’ngildan minaddorchilik bildiraman. Charchamanglar, ishlarinaga omad tilayman.

Sitoraga fikr bildirish Javobni bekor qilish

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.