fbpx
Videoretsept: Uy sharoitida tayyorlangan nutella

Videoretsept: Uy sharoitida tayyorlangan nutella

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Mazali, mayin va nafis ta’mli nutella shokoladli pastasini endilikda o’zimiz ham tayyorlay olamiz. Bunda tayyorlashda hech qanday sir-asrorlar mavjud emas, sizdan faqatgina retseptga to’liq amal qilish talab etiladi, xolos.Bunday shokoladli pastaga hech qanday qo’shimchalar solinmasligi esa juda muhim bo’lib, bolajonlarga ham xavotirsiz bera olasiz.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 45 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

200 gramm tozalangan yeryong'oq yooki xohlagan yong'oqdan ishlatish mumkin
250 millilitr sut
3-4 osh qoshiq asal
150-160 gramm sutli shokolad
80 gramm qora shokolad
Qadam 1
Tugllandi

Yeryong'oqni tozalab olamiz va blenderda kukunsimon holatga kirgunicha maydalab olamiz.

Bizlar bunda yeryong'oq va bodomdan ishlatdik. Siz xohishga qarab xohlagan yong'oqdan solishingiz mumkin.

Qadam 2
Tugllandi

Iliq sut va asalni maydalangan yeryong'oq ustidan solamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Shokoladlarni bo'laklarga bo'lib, bitta idishga solamiz va mikroto'lqinli pechda eritib olamiz. Bunda shokoladni har 15 soniyada eritib olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Eritilgan shokoladni sut va asal ustidan quyamiz. Yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Tayyor shokoladli pastani bankaga quyib, qopqog'ini yaxshilab yopamiz. Soviganidan keyin esa olib, quyuqlashishi uchun sovutgichga olib qo'yamiz.

Shuningdek bunday pastani sovutgichda 7 kungacha saqlash mumkin.

Yoqimli ishtaha!

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm tozalangan yeryong'oq yooki xohlagan yong'oqdan ishlatish mumkin
250 millilitr sut
3-4 osh qoshiq asal
150-160 gramm sutli shokolad
80 gramm qora shokolad
oldingi
Apelsin va dolchinli choy
keyingi
Loviya va suxariklardan qilingan salat

Fikringiz