fbpx
Videoretsept: Kotletlar

Videoretsept: Kotletlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Mol go’shtidan tayyorlanilgan kotletlar, ko’pchilikning sevimli taomi sanaladi.

Kotletlarni tayyorlash unchalik ham qiyin emas, faqatgina qiyma, bir-necha sabzavotlar va eng asosiysi mehr bilan pishirish!

Quyidagi masalliqlardan 10-12 ta kotletlar hosil bo’ladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm mol go'shtidan qiyma
150 gramm piyoz
100 gramm qizil sabzi
100 gramm kartoshka
2 ta non bo'lagi
50 millilitr sut
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 ta tuxum
ta'bga qarab tuz va murch
1 stakan maydalangan suxari
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Qiymani yaxshilab to'mtoqlab olamiz ya'ni olib qo'limizda olib uramiz,

Qadam 2
Tugallandi

Sarimsoqpiyoz va barcha sabzavotlarni oshxona kombaynida maydalaymiz yoki qirg'ichning mayda tishchasidan chiqaramiz va qiymaga qo'shamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Nonni sutga ivitib olamiz va qiymaga qo'shamiz.

Bitta tuxumni chaqib solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tuz va murch sepamizda, yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qiymali aralashmadan kotletchalar yasab olamiz.

Hozirgi masalliqlardan 12 dona kotlet hosil bo'ladi.

Qadam 6
Tugallandi

Ularni maydalangan suxariga belab olamiz va qizdirilgan tovaga yog' sollib, har bir tomonidan 4-5 daqiqa davomida qizartirib olamiz.

So'ng ustidan suv solib,10 daqiqa dimlab pishiramiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm mol go'shtidan qiyma
150 gramm piyoz
100 gramm qizil sabzi
100 gramm kartoshka
2 ta non bo'lagi
50 millilitr sut
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 ta tuxum
ta'bga qarab tuz va murch
1 stakan maydalangan suxari
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Grekcha «Dzadziki» qaylasi
keyingi
Shokoladli nayskrim

3 Sharhlar Hide Comments

Durdonaga fikr bildirish Javobni bekor qilish

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.