fbpx
Tabule salati

Tabule salati

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Yaqin Sharqning klassik taomlaridan biri. Bu salatni tayyorlab ko’rishdan qo’rqmang, u nafaqat xushta’m va foydali, balki tayyorlanilishi juda ham oson bo’lgan yegulikdir.

U mazali va to’yimli, axir uning tarkibiga bulgur kiradi (bulgur – bug’ bilan ishlov berilgan, quritilib maydalangan bug’doy). Bulgur B gruppa vitaminlariga boy bo’lib, bundan tashqari u oson hazm bo’luvchi yormalar ro’yxatiga kiradi.

Masalliqlar:

1 piyola bulgur
1 piyola qaynoq suv
2 ta pomidor
1 bosh piyoz
1 bog' petrushka
1 bog' yalpiz
0.5 ta limon
4-5 osh qoshiq zaytun moyi
ta'bga ko'ra tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Bulgurni yuving va ustiga qaynoq suv quying. 30-40 daqiqaga tindirib qo’ying.

Qadam 2
Tugallandi

Pomidor va piyozni mayda to'rtburchak shaklda to’g’rang. Petrushka va yalpizni ham maydalab to’g’rang, sabzavotlar bilan aralashtiring.
So'ng ivigan bulgurni qo'shing.

Qadam 3
Tugallandi

Tuz va murch seping, zaytun moyi va limon sharbatini qo’shing. Salatni aralashtiring va 30 daqiqaga sovutgichga olib qo’ying.

Tabule salati qovurilgan mol, baliq va tovuq go'shti bilan tortilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi.

Muallif: Sitora

  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 piyola bulgur
1 piyola qaynoq suv
2 ta pomidor
1 bosh piyoz
1 bog' petrushka
1 bog' yalpiz
0.5 ta limon
4-5 osh qoshiq zaytun moyi
ta'bga ko'ra tuz va murch
oldingi
Pomidor va yashil loviyadan salat
keyingi
Baqlajon va rayhonli salat

2 Sharhlar Hide Comments

UmidaEsperanzitaga fikr bildirish Javobni bekor qilish

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.