fbpx
Shovul sho’rva

Shovul sho’rva

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Shovuldan pishirilgan mazali va birozgina nordon sho’rva (щи) ko’pchilikning sevimli taomi desak adashmaymiz. Bunday sho’rva organizmni kerakli vitaminlar bilan to’yintiradi.

Bu taomni tayyorlash juda oson bo’lib, sizdan unchalik ko’p bo’lmagan masalliqlarni talab qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
400 gramm mol go'shti
150 gramm qizil sabzi
100 gramm piyoz
200 gramm kartoshka
1 bog' ko'k piyoz
3 bog' shovul
1 bog' shivit
1 bog' petrushka
2 ta poyacha ko'k sarimsoqpiyoz
ta'bga qarab tuz va murch
30 gramm o'simlik yog'i
6 dona bedana tuxumi
taom bilan tortish uchun smetana
Qadam 1
Tugallandi

Piyoz va sabzini mayda to'rtburchak qilib to'g'rab olamiz.

Kartoshkani o'rtacha hajmdagi to'rtburchak qilib to'g'raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qozonga yog'ni solib qizdiramiz.

Go'shtni to'g'rab, qozonga solamiz va qovuramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Go'sht ustidan to'g'ralgan sabzavotlarni solamiz va o'rtacha olovda 10 daqiqa davomida dimlab olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Sabzavotlarning ustidan 2 - 2,5 litr suv solamiz.

Qaynab chiqqandan so'ng olovni pasaytiramiz va 20-30 daqiqa davomida pishiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

So'ng tuz va murch solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Ko'katlarni hammasini yuvib to'g'raymiz va sho'rvamizga solamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Bedana tuxumini yaxshilab qaynatamiz va tozalab, teng ikkiga bo'lamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Sho'rvamizni idishlarga suzamiz va tuxum bo'lakchalari, smetana solib, dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 60 daqiqa
  • Portsiya 6
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
400 gramm mol go'shti
150 gramm qizil sabzi
100 gramm piyoz
200 gramm kartoshka
1 bog' ko'k piyoz
3 bog' shovul
1 bog' shivit
1 bog' petrushka
2 ta poyacha ko'k sarimsoqpiyoz
ta'bga qarab tuz va murch
30 gramm o'simlik yog'i
6 dona bedana tuxumi
taom bilan tortish uchun smetana
oldingi
Uyda tayyorlanilgan Ice tea
keyingi
Batafsil fotoretsept: Kulichlar

11 Sharhlar Hide Comments

Assalomu aleykum, Go’zal! Qoldirgan izoh va e’tiboringiz uchun tashakkur! Sahifamizda qo’yiladigan retseptlarimiz hammasi ishonchli, ko’p marotaba o’zimiz tomonimizdan tayyorlab ko’rilgan. Shuning uchun ham hammasini tayyorlayvering qo’rqmasdan va albatta bizni kuzatishni unutmang ☺

Men kanalga obuna bo’lganimga ko’p vaqt bo’lgani yo’q. Ammo qisqa vaqt davomida juda ko’p taom, pishiriq va salatlarni tayyorlab ko’rdim. Ayniqsa pitsalar retsepti juda ishonchli chiqdi. Hamiri qarsildoq va asos qismi judayam mayin, xushta’m. O’zbek tilidagi eng sara retseptlar va original taomlar uchun men ham jamoangizga minnatdorchilik bildiraman. Bizni xursand etishdan charchamang?

Ассалому алайкум. Мен хам бугун ушбу сайттан рецепт олиб таом тайерладим. Узбекчасига Канака булади билмиман но русчасига прям выручили дейилади. Рахмат коттакон 🥰😘

Sitoraga fikr bildirish Javobni bekor qilish

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.