fbpx
Olxo’rili brauni-chizkeyk

Olxo’rili brauni-chizkeyk

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Brauni va chizkeyk — eng ko’p sevib iste’mol qilinadigan shirinliklardan biridir. Agar mana shu ikki xil ajoyib shirinlikni birlashtirsak, natijasi hammani lol qoldirihsi aniq.

Aytgancha, bu pirogni tayyorlashda shuningdek xohlagan rezavor mevalardan ham foydalanish mumkin.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 42 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
100 gramm qora shokolad
120 gramm sariyog'
50 gramm shakar
2 ta tuxum
120 gramm un
1 choy qoshiq qabartma
300 gramm tvorogli pishloq yoki maskarpone
1 ta tuxum
50-60 gramm shakar
200 gramm olxo'ri yoki oshqa xohlagan reza mevalar
ta'bga qarab maydalangan yong'oq
Qadam 1
Tugallandi

Shokolad va sariyog'ni suv hammomiga qo'yib, eritib olamiz. So'ng olib, biroz sovutamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Shakar va tuxumni alohida tog'orachaga solib, mikserda yaxshilab ko'pirtirib olamiz. Ustidan shokolad-sariyog'li aralashmani solib, ko'pirtiramiz. Un va qabartmani elab solamiz va aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tvorogli qavati uchun esa alohida idishga tvorogli pishloq, tuxum va shakarni solamiz. To'liq birlashguniga qadar ko'pirtirib olamiz.

Olxo'rini mayda qilib to'g'raymiz. Aar reza mevalardan solmoqchi bo'lsangiz, unda ularni yuib, qurutib olasiz.

Qadam 4
Tugallandi

Aylanasi 18 sm li qolipga sariyog' surtib chiqamiz. Xamirni teng uchga bo'lamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qolipga xamirning bir qismini quyamiz, ustidan tvorogli pishloqning teng yarmini solamiz. Mevalardan sepamiz.

So'ng xamirning ikkinchi qismi, tvorogli pishloqning qolgan hammasini solamiz. Mevamizdan sepib, oxirgi xamirni ham quyamiz. Xohishga qarab, ustidan maydalangan yong'oqlardan ham sepish mumkin.

Qadam 6
Tugallandi

170 C darajada qiizgan pechda 60-70 daqiqa davomida pishirib olamiz.

So'ng sovutib, so'ng qolipidan xalos qilamiz va 1-2 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • Portsiya 8
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
100 gramm qora shokolad
120 gramm sariyog'
50 gramm shakar
2 ta tuxum
120 gramm un
1 choy qoshiq qabartma
300 gramm tvorogli pishloq yoki maskarpone
1 ta tuxum
50-60 gramm shakar
200 gramm olxo'ri yoki oshqa xohlagan reza mevalar
ta'bga qarab maydalangan yong'oq
oldingi
Videoretsept: Toshkentcha palov
keyingi
Qovoq bilan pishirilgan tovuq

2 Sharhlar Hide Comments

Assalomu aleykum, Feruza! Yo’q, aynan bu retseptda faqat tvorogli pishloqdan foydalanissh kerak. Buning uchun philadelfia, almette yoki hochland tvorogli pishloqlaridan foydalanishingiz mumkin. Shuningdek, hozirda tvorogli pishloqlarni kilolab, grammlab ham sotishadi va ular ancha arzonga tushadi.

Sitoraga fikr bildirish Javobni bekor qilish

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.