fbpx
Malinali pechenyelar

Malinali pechenyelar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Malinali pechenyelarning usti qarsildoq, ichi esa juda mayin bo’lib pishadi. Ko’rinishi esa ishtahaochar bo’lib, katta-yu kichikka birdek manzur bo’ladi.

Bu pechenyelarga suli yormasi solinishi sabab ham semirishingizga yo’l qo’ymaydi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 7 500 so’m pul sarflanadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

100 gramm suli parchalari ovsyannaya xlopya
150 gramm malina
120 gramm shakar
100 gramm un
6 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 choy qoshiq qabartma
ustiga sepish uchun shakar upasi
1 choy qoshiq vanil shakari
ta'bga qarab qizil rangli bo'yoq
Qadam 1
Tugallandi

Qahva maydalagich yordamida suli parchalarini kukunsimon shaklga keltiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Blender idishiga malina va shakarni solamiz. Maydalab olamiz.

To'rli suzgich yoki doka ro'moldan o'tkazamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Malinaga o'simlik yog'i, vanil shakari va bo'yoq (xohishga qarab) solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ustidan un va qabartmani elab solamiz. So'ng maydalangan suli yormasini solib, xamir qorib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qorilgan xamirdan 12-13 ta koptokchalar yasab olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Pech patnisiga terib, 180 C darajada qizigan pechda 10 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

100 gramm suli parchalari ovsyannaya xlopya
150 gramm malina
120 gramm shakar
100 gramm un
6 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 choy qoshiq qabartma
ustiga sepish uchun shakar upasi
1 choy qoshiq vanil shakari
ta'bga qarab qizil rangli bo'yoq
oldingi
Go’shtli «konvertlar»
keyingi
Burgerlar uchun ideal darajali bulochkalar

2 Sharhlar Hide Comments

Илтимос рус тилида хам куйинг телеграм каналда, нотугри таржима килади интернет. Масалан ман «сули парчалари» нималигини билмиман, таржимаси йук. Рецептлар учун эса котта рахмат, ало даражада

Sitoraga fikr bildirish Javobni bekor qilish

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.