fbpx
Lavash ichiga solib pishirilgan tuxum

Lavash ichiga solib pishirilgan tuxum

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Hozirgi kunda retseptlar soni shunchalik ko’pki, ular yordamida deyarli har kuni yangicha yeguliklar pishirish mumkin.

Shulardan biri lavash ichiga solib pishirilgan tuxum bo’lib, juda ishtahaochar bo’lib, ertalabdan kayfiyatingizni ham ko’taradi.

Shuningdek, uni tayyorlash ham umuman qiyinchilik tug’dirmaydi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 5 000 so’m sarf qilinadi.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

1 dona lavash
1 dona tuxum
1 ta pomidor
20 gramm pishloq
bir-ikkita shoxcha petrushka yoki kashnich
Qadam 1
Tugallandi

Qizigan tovaga bir-ikki tomchi yog' surtamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Lavashni tovangizdan sal kattaroq qilib, to'rtburchak shaklda kesib olamiz. Tova ichiga lavashni solamiz. Chetlari tovadan chiqib turadi.

Qadam 3
Tugallandi

Lavash ustidan tuxumni chaqib solamiz. Pomidorni to'g'rab, pishloqni esa qirg'ichdan chiqarib solamiz. Ko'katlarni ham to'g'raymiz va masalliqlar ustiga sepamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Lavashni konvertsimon ko'rinishda buklab olamiz. Ikkala tomonini past olovda qizartiirb pishiramiz.

Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 dona lavash
1 dona tuxum
1 ta pomidor
20 gramm pishloq
bir-ikkita shoxcha petrushka yoki kashnich
oldingi
Revani – turkcha mannik
keyingi
Pekincha usulda pishirilgan tovuq

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.