fbpx
KFC ta’mli tovuq qanotchalari

KFC ta’mli tovuq qanotchalari

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Usti qarsildoq, ichi esa juda mayin va sersuv tovuq qanotchalarini mana bunday usulda pishirib ko’ring.

Ta’m jihatidan bunday tovuq qanotchalari tez ovqatlanish shaxobchalari tarmog‘i KFC ga o’xshab ketadi. Albatta bunday taomni har kuni iste’mol qilish yaramaydi, ammo har zamon shunday mazali yegulik bilan o’zimizni siylab turishimiz ham lozim!

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 35 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

12 dona tovuq qanotchalari
150 gramm makkajo'xori parchalari kukuruznaya xlopya
2 ta tuxum
30 millilitr suv
50 millilitr sut
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1/2 choy qoshiq qora murch
1/2 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
1 choy qoshiq quritilgan shivit
1 choy qoshiq tuz
belab olish uchun un
qovurib olish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Tovu qanotchalariga tuz sepib, qozonga olamiz va ularni ko'mguniga qadar suv quyamiz. Gazga qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qaynash darajasiga keltirib, ko'pigini olib tashlaymiz va gazni o'chiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Suvi sovigunga qadar qanotchalarni qozonda qoldiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Makkajo'xori parchalarini blenderda maydalab olamiz va ustidan quritilgan shivit, sarimsoq piyoz kukuni, murch, paprika va ta'bga qarab boshqa ziravorlardan sepamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tuxum, suv, sut va tuzni esa alohida idishga solib aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qanotchalarni avval unga belab olamiz, so'ng sutli aralashmaga va oxirida esa ziravorli aralashmaga bulg'ab olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qizigan yog'ga solib, tillarangga kirguniga qadar qovurib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

12 dona tovuq qanotchalari
150 gramm makkajo'xori parchalari kukuruznaya xlopya
2 ta tuxum
30 millilitr suv
50 millilitr sut
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1/2 choy qoshiq qora murch
1/2 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
1 choy qoshiq quritilgan shivit
1 choy qoshiq tuz
belab olish uchun un
qovurib olish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Bodringli limonad
keyingi
Olchali tezpishar tartaletkalar

1 Sharhlar Hide Comments

Feruzaga fikr bildirish Javobni bekor qilish

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.