fbpx
Oq shokoladdan qilingan Blondi keksi

Oq shokoladdan qilingan Blondi keksi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Blondi – bu amerikancha oq shokoladdan tayyorlaniladigan keks bo’lib, u pishgandan so’ng ham namroq holatda qoladi. Shuning uchun ham bu shirinlikni ko’pchilik sevib iste’mol qiladi.

Biz bu keksga asos sifatida olcha qo’shishga qaror qildik. Olcha nafaqat bunga, balki barcha pishiriqlarga ajoyib nordon ta’m baxsh etadi.

Aytgancha, 22-yanvar AQSHda blondi kuni nishonlaniladi. Shunday ekan albatta tayyorlab ko’ring, bejizga bu pishiriqqa alohida kun tayinlanilmagandir!

Masalliqlar:

180 gramm oq shokoladli tomchilar yoki oq plitkali shokolad
100 gramm sariyog'
2 ta tuxum
120 gramm shakar
240 gramm un
1 piyola danagidan tozalangan olcha
1 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
Qadam 1
Tugallandi

Tova yoki boshqa biror idishga sariyog', shakar va shokolad solinadi. Agarda sizda plitka shokoladi bo'lsa, uni mayda bo'laklarga bo'ling.

Gaz ustiga past olovga qo'yiladi va hammasi erigunicha kovlab turiladi.

Qadam 2
Tugallandi

Biroz sovutiladi va boshqa kattaroq idishga solinadi.

Qadam 3
Tugallandi

Eritilgan shokoladli aralashmaga bittadan tuxum solinadi va yaxshilab aralashtiriladi.

Qadam 4
Tugallandi

Alohida idishga un, qabartma va tuz solinadi, aralashtiriladi.

Shokoladli aralashma ustidan unli massa solinadi va yaxshilab aralashtiriladi.

Xamir uncha quyuq bo'lmagan, yopishqoq bo'lishi kerak.

Qadam 5
Tugallandi

Xamir aylanasi 22 smli yog'langan yoki pergament qog'oz to'shalgan qolipga solinadi va usti tekislab olinadi.

Qadam 6
Tugallandi

Olchalar xamir ustidan teriladi. yarmi xamir ichiga kirib yarmi ustidan ko'rinib tursin.

Agarda muzlatilgan mevadan foydalansangiz, ularni eritishingiz shart emas, shundayligicha ishlatavering.

Qadam 7
Tugallandi

Pirogni 170 C da 30-40 daqiqa davomida pishirib oling.

Pirogning usti biroz tillarangga kirsa bo'ldi u tayyor, undan ko'p pishirsangiz u quruq bo'lib qoladi.

Qadam 8
Tugallandi

Pishgandan so'ng qolipida sovutiladi va to'rtburchak shaklda kesiladi. Xohishga qarab ustidan shakar upasi sepiladi.

Bu keksni brauni torti ishqibozlariga taklif qilamiz, chunki bu ham xuddi braunidek namroq va cho'ziluvchan chiqadi. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 50 daqiqa
  • O’rtacha
  • 170 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

180 gramm oq shokoladli tomchilar yoki oq plitkali shokolad
100 gramm sariyog'
2 ta tuxum
120 gramm shakar
240 gramm un
1 piyola danagidan tozalangan olcha
1 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
oldingi
Guakamole va shampinyondan tayyorlangan sendvichlar
keyingi
«Issiq shokolad» ichimligi

2 Sharhlar Hide Comments

Assalomu alaykum. Man telegramdagi gruppalariz azosiman manga siz tomonizdan quyiladigan xamma narsalarizni kuzatib boraman va menga juda yoqadi xamma narsalani aniq qilib tushuntirib berasiz raxmat silaga Allox rozi bulsin siladan charchamela yana yangi narsalani kutib qolaman RAXMAT☺

Shaxnozaga fikr bildirish Javobni bekor qilish

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.