fbpx
Batafsil fotoretsept: Pishirish talab etilmaydigan tvorogli tort

Batafsil fotoretsept: Pishirish talab etilmaydigan tvorogli tort

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Pishirishni xush ko’rmaydigan insonlar uchun bugun bizlar yana bir tvorogli tort retseptini taqdim etamiz. Tvorog kalsiyga boyligi sabab bu tort juda foydali hamdir.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 60 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

250 gramm pechenye
350 gramm o'simlik-sariyog'li yog'
350 gramm shakar
900 gramm 5-9 % li tvorog
300 gramm smetana
500 gramm 35 %li yog'li qaymoq
350 gramm qiyom rezavor mevalardan pyure
1 osh qoshiq vanil shakari
41 gramm jelatin
Qadam 1
Tugallandi

Barcha kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Pechenyelarni blender yoki o'qlov yordamida maydalab olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Maydalangan pechenyelar ustida 2 osh qoshiq shakar va 150 gramm eritilgan yog'dan solamiz.

Qoshiqda yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Cheti ochib-yopiladigan, aylanasi 28 sm li qolipga pechenyelarni solib, ustini yaxshilab bosib, tekislab chiqamiz.

Sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

35 gramm jelatin ustidan 100 millilitr sovuq suv quyamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Alohida idishga xona haroratida yumshagan 200 gramm sariyog'ni solamiz, vanil shakarini va oz-ozdan 300 gramm shakarni solib, mikser yordamida ko'pirtirib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tayyor aralashmaga tvorog va smetanani oz-ozdan solib, ko'pirtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Ivitilgan jelatinni 60-70 C darajagacha qizirib olamiz va chetga olib qo'yamiz. Jelatin qaynab ketmasligi kerak.

Qadam 9
Tugallandi

Qaymoqni esa alohida idishga solib, yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Ko'pirtirilgan qaymoqni tvorogli aralashmaga solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Hosil bo'lgan aralashma ustidan iliq jelatinni solib aralashtiramiz.

Qadam 11
Tugallandi

Pechenyelar solingan qolipga tvorogli aralashmani ham solamiz, ustini tekislab, 3-4 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 12
Tugallandi

6 gramm jelatin ustidan 3 osh qoshiq suv solamiz va 20 daqiqaga bo'ktirib qo'yamiz.

Qadam 13
Tugallandi

Bu jekatinni ham 60 C darajaga qizdiramiz va rezavor meva sharbati yoki pyuresiga solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 14
Tugallandi

Tvorogli qavat ustidan mevali qiyom yoki pyureni quyib, yana 2 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 15
Tugallandi

Tayyor tortni qolipidan ajratamiz va dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

250 gramm pechenye
350 gramm o'simlik-sariyog'li yog'
350 gramm shakar
900 gramm 5-9 % li tvorog
300 gramm smetana
500 gramm 35 %li yog'li qaymoq
350 gramm qiyom rezavor mevalardan pyure
1 osh qoshiq vanil shakari
41 gramm jelatin
oldingi
Videoretsept: pishloqli gazakbop maffinlar
keyingi
Gaz pechida pishirilgan qovoq

5 Sharhlar Hide Comments

Guliga fikr bildirish Javobni bekor qilish

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.