Zira.uz

Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulot: xolva pastasi

Yaqinda bizlar savdo shaxobchalarida yangi mahsulot «Xolva pastasi»siga ko’zimiz tushdi. Ta’tib ko’rish uchun ularning ikki xilidan, sutli va shokoladlisidan xarid qildik.

Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz

Bundan oldin bunday mahsulotlarga ko’zimiz tushmaganligi boismi, uning ta’mi bizni qiziqtirdi va undan xarid qildik.

Bu pastalar «Vkusniy dar» deb nomlanuvchi ishlab chiqaruvchi tomonidan o’zimizda tayyorlanilar ekan. Agarda shirinliklarni yoqtirsangiz, unda bu pastalar sizga ham yoqadi.

Qadog’i

Pasta plastik idishchalarda qadoqlanilgan bo’lib, rangsiz qopqoq bilan yopilgan.

Mahsulot hajmi 200 grammni tashkil qiladi.

Ta’mi

Pastalarning ta’mi yaxshi, iste’mol qilgandan so’ng og’izda yog’li ta’m qolmaydi.

Ikkala pasta ham nonga, quymoqlarga surtishga ham, pankeyklar bilan birga yeyishga ham yaxshi.

Ammo undan yong’oq yoki pistaning ta’midan asar ham yo’q, uning nomlanishi esa shunchaki bo’lib, tarkibiga bog’liq emas.

Tarkibi

Pastalarning tarkibi ham yomon emas:

Sutli pasta

Shakar, sariyog’, sorbat, quruq sut, limon kislotasi, letsitin va vanilin.

100 gramm mahsulotning energetik quvvati: 413.9 kKal bo’lib, 19.1 grammini oqsillar, 10 grammini yog’lar, 53.8 grammini esa uglevodlar tashkil qiladi.

Shokoladli pasta

Shakar, kakao, sariyog’, sorbat, quruq sut, limon kislotasi, letsitin, vanilin.

100 gramm mahsulotning energetik quvvati: 405.6 kKal bo’lib, 19.3 grammini oqsillar, 10.3 grammini yog’lar, 50.9 grammini esa uglevodlar tashkil qiladi.

Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin

Xolva pastasini bizlar Makro supermarketidan donasini 9 790 so’mdan xarid qildik.

Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.