Zira.uz

Oy uchun foydali mahsulotlar: Sentabr

Bozor rastalari va supermarketlardagi eng muhim va mavsumiy mahsulotlar haqida ma’lumot beramiz.

Kuz kelib, yig’im-terim mavsumi ham boshlandi, ba’zi bir meva va sabzavotlar esa tugab bormoqda.

Rezavor mevalar

Mazali va foydali rezavor mevalarning biri tugasa, birining mavsumi endi boshlaniyapti.

Маlina metobolizmni normallashtirib, ozishga yordam berar ekan. Unda allergiya chaqiruvchi moddalar juda kamligi sabab ham, bolalarga ham berish tavsiya qilinadi.

Qorag’at o’zida ko’p С guruh vitaminini saqlashi sabab ham, tomirlar va yurak faoliyatini yaxshilaydi. U buyraklarni tozalab, oshqozon-ichak tizimi faoliyatini normallashtiradi.

Chakanda(oblepixa) – unchalik keng ommalashmagan rezavor mevadir. Undagi o’ziga xos hid mavjudligi sabab ham ko’pchilik iste’mol qilishdan bosh tortadi. Ammo to’g’ri tayyorlanilganda chakanda juda mazali ta’mga ega bo’ladi. U tabiiy antibiotik mahsulotdir. U immunitetni ko’tarib, yoshlikni uzoq muddatgacha saqlab qoladi.

Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin:

Маlina

Qorag’at

Chakanda

Uzum

Sentabr – uzumlarning deyarli barcha navlari pishib yetiladigan mavsum bo’lib, oktabr oyida ular kamayib boradi . Uzum astma, jigar kasalliklarida foydali bo’lib, qon tarkibini yaxshilab, organizmni viruslardan himoya qiladi. Uzum haqida batafsil bu maqolada gapirib o’tganmiz.

Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin:

Nok

Hozir sersuv va shirin noklardan to’yib yeb olish kerak, chunki ular hozir g’arq pishgan. U organizmni xolesterin va toksinlardan tozalaydi. Bu meva oshqozon-ichak faoliyatida ham foydalidir.

Nokni och qoringa yoki suv bilan aralashtirib iste’mol qilish mumkin emas. Nokni tushlik va kechki taomdan bir necha soat keyin iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin:

Asal

Yozda asallar yig’imi nihoyasiga yetib, kuz boshlaridan yangi asaldan bahramand bo’lish imkoni tug’iladi. Asal shamollashlar mavsumida ayni kerakli mahsulot bo’lib, antibakterial va mikroblarga qarshi kurashuvchi xususiyatga ega. Asal qanchalik to’q rangda bo’lsa, unda temir miqdori shunchalik ko’p bo’ladi.

Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin:

Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.